Jamoaviylik — bu xodimlarning umumiy maqsadlar sari birgalikda harakat qilishini ta'minlaydigan, o'zaro ishonch, hurmat va hamkorlikka asoslangan qadriyatdir. Bu qadriyat tashkilotda sog'lom muhit va o'zaro yordam madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Har bir xodim o'z ishini bajarish bilan birga jamoaning umumiy muvaffaqiyati uchun hissa qo'shishi.
Hamkasblarga kerakli paytda yordam ko'rsatish va o'z tajribasini ulashish.
Jamoa qarorlariga hurmat bilan yondashish va ularni qo'llab-quvvatlash.
Yig'ilish va muhokamalarda faol qatnashish, konstruktiv fikr bildirish.
Har qanday ziddiyatlarni murosali yechim topishga intilish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Jamoaning umumiy ish jarayoniga befarqlik bilan yondashish.
Hamkasblarning muvaffaqiyatini e'tiborsiz qoldirish yoki e'tirof etmaslik.
Jamoa qarorlarini inkor qilish va faqat o'z fikrini ilgari surish.
Ishda alohida bo'linishlar yoki guruhbozlikni targ'ib qilish.
Yordam so'ragan hamkasbga befarqlik ko'rsatish yoki rad etish.
2-qadriyat
Mas'uliyatlilik
Mas'uliyatlilik — bu har bir xodimning o'z vazifasi va harakatlari uchun javobgarlikni to'liq anglab yetgan holda faoliyat yuritishi demakdir. Bu qadriyat orqali tashkilotdagi intizom, ishonch va barqarorlik mustahkamlanadi.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Bajarilayotgan har bir topshiriq uchun shaxsiy javobgarlikni o'z zimmasiga olish.
Ishda aniqlik, tartib va intizomni saqlash.
Xatolik yuz berganda uni tan olish va tuzatish choralarini ko'rish.
Vazifalarni belgilangan muddatlarda to'liq va sifatli bajarish.
Kutilmagan holatlarda rahbarni xabardor qilish va muammoni hal qilishga intilish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Topshiriqlarga loqaydlik bilan yondashish yoki ularni e'tiborsiz qoldirish.
Boshqalarning aybini ro'kach qilish yoki javobgarlikdan qochish.
Belgilangan muddatlarni buzish, kechikish va ishlarga yengil qarash.
Muammolarni yashirish yoki ulardan ko'z yumish.
Ishda shaxsiy manfaatlarni tashkilot manfaatidan ustun qo'yish.
3-qadriyat
Samimiylik
Samimiylik — bu xodimlar o'rtasida ochiq, rostgo'y va sof niyat bilan muloqot qilish madaniyatidir. U muhitda ishonch va ruhiy barqarorlikni ta'minlab, jamoani kuchli va mustahkam qiladi.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Har qanday vaziyatda rostgo'y va ochiq bo'lishga intilish.
Tashabbus bilan fikr bildirish, lekin do'stona va hurmatli shaklda.
Muammolar va tushunmovchiliklarni ochiq muhokama qilish.
Yordamga chin qalbdan tayyor bo'lish, soxta mehr ko'rsatmaslik.
O'zaro muloqotda samimiy niyatda bo'lish va yolg'on maqtovlardan qochish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Yolg'on gapirish yoki ma'lumotlarni yashirish.
Orqasidan g'iybat qilish yoki ikkiyuzlamachilik ko'rsatish.
Samimiylik niqobi ostida manipulyatsiya qilish.
Noto'g'ri ma'lumot bilan boshqalarni chalg'itish.
O'zini boshqacha ko'rsatish yoki niqobda yurish.
4-qadriyat
Halollik
Halollik — bu har bir xodimning mehnat faoliyatida to'g'rilik, qonuniylik va vijdoniy yondashuvni ustuvor deb bilishi. Bu qadriyat tashkilotning obro'sini saqlaydi va jamoaviy ishonchni mustahkamlaydi.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Ish faoliyatida har doim qonuniy va axloqiy me'yorlarga amal qilish.
Xarajat, material va vaqt resurslarini maqsadli ishlatish.
Firibgarlik, soxtalik va qing'ir yo'llardan qat'iyan voz kechish.
Hisobotlar, ma'lumotlar va kommunikatsiyada faqat haqiqatga asoslanish.
Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatlar bilan muvofiqlashtirish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Pul yoki resurslarni o'zlashtirish, noqonuniy xarajat qilish.
Yolg'on hisobot topshirish yoki raqamlarni buzib ko'rsatish.
Ishdagi hujjatlarni soxtalashtirish.
Ish vaqtida shaxsiy foyda izlash.
Axborotni yashirish yoki manipulyatsiya qilish orqali boshqalarni chalg'itish.
5-qadriyat
Mijoz e'tiborimiz markazida
Bu qadriyat tashkilotda mijozlarni hurmat qilish, ularning ehtiyoj va kutganlariga e'tiborli yondashish, ularni rozi qilishga intilish prinsipini anglatadi.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Mijozni diqqat bilan tinglash va ehtiyojlarini aniqlash.
Muammolarni ijobiy va tezkor hal qilishga intilish.
Xizmat va mahsulot sifatini doimiy takomillashtirishga e'tibor qaratish.
Mijozga do'stona, samimiy va hurmatli muomala qilish.
Shikoyat va fikr-mulohazalarni tahlil qilib, natijaga yo'naltirilgan choralar ko'rish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Mijoz bilan qo'pol yoki befarq muomala qilish.
Soxta yoki chalg'ituvchi ma'lumot berish.
Shikoyat va murojaatlarga befarq bo'lish yoki ularni e'tiborsiz qoldirish.
Va'da berib, bajarmaslik yoki chalg'ituvchi javoblar berish.
Mijozlarni aldash yoki ulardan ortiqcha foyda olishga urinish.
6-qadriyat
Yangiliklarga ochiqlik
Yangiliklarga ochiqlik — bu xodimlarning yangi g'oyalar, texnologiyalar va ish uslublarini sinab ko'rishga va ulardan foydalanishga tayyorligi. Innovatsion fikrlash tashkilot rivojining asosidir.
Kutiladigan xatti-harakatlar
Yangi usullar va texnologiyalarni o'rganishga doimiy intilish.
O'zgarishlarga ijobiy munosabatda bo'lish va ularni qo'llab-quvvatlash.
Yaxshilanish uchun fikrlar bildirish va takliflar berishdan cho'chimagan holda qatnashish.
Yangi topshiriqlarga tez moslashish va o'zini sinab ko'rishga tayyor bo'lish.
Feedback olish va berish madaniyatini rivojlantirish.
Yo'l qo'yilmaydigan xatti-harakatlar
Yangi g'oya yoki tashabbuslarni inkor qilish yoki ustidan kulish.
O'zgarishlarga qarshilik ko'rsatish yoki passiv bo'lish.
Yangi ish uslublariga qat'iyan rad javobi berish.
Yangilikdan qo'rqish yoki avvalgi tartibga ortiqcha yopishib olish.
Tajribalarga yoki innovatsiyalarga befarqlik bilan yondashish.