Ochiq vakansiya
Altendorf arra operatori
Ishlab chiqarish bo‘limi
Ochiq vakansiya
Mebel City ishlab chiqarish bo'limida Altendorf arra operatori izlaymiz. Siz LDSP va MDF listlarini kesish xaritasi bo'yicha aniq va skolsiz kesasiz, sifatli detallar esa kromka va parmalash bosqichlariga o'z vaqtida yetib boradi.
Siz nima qilasiz
- Kroy mutaxassisi bergan kesish xaritasini o'qib, detallarni xaritadagi ketma-ketlikda kesasiz
- Altendorf formatli arrada listni o'lcham va diagonalni saqlagan holda bichasiz
- Kesilgan har bir detalning chetini ko'z bilan tekshirib, skol va tirnalishni aniqlaysiz
- Detalga birka yopishtirib, shtrix-kodni BPM uchun skaner qilasiz
- BPM (Planchet) tizimida naryadni ochasiz, kesib bo'lgach «Kesildi» statusini qo'yib, buyurtmani keyingi bosqichga uzatasiz
- Arra diskini almashtirasiz, podrezkani sozlaysiz va ish oxirida arrani changdan tozalab, yaroqli qoldiqlarni alohida joyga taxlaysiz
Biz kutamiz
- Kesish xaritasini o'qiy olish: detal o'lchami va soni bo'yicha kesish ketma-ketligini bilish
- Formatli arrada (Altendorf yoki shunga o'xshash) LDSP va MDF kesish tajribasi
- Arra diskini almashtirish va podrezkani sozlashni bilish
- Material turiga qarab kesish tezligini tanlash qoidalarini bilish
- Ish xavfsizligi qoidalariga amal qilish: himoya qopqog'i, itargich, shaxsiy himoya vositalari
- BPM yoki shunga o'xshash dasturda naryadni ochish va belgilash ko'nikmasi
Afzallik
- BPM (Planchet) tizimida ishlagan tajriba
- Shtrix-kod skaneri bilan ishlash tajribasi
- Mebel ishlab chiqarish sexida kamida bir yil ishlagan bo'lish
Biz taklif qilamiz
- Kompaniya akademiyasida shu lavozim bo'yicha o'quv kursi mavjud
- Kasbiy o'sish imkoniyati